Вторник, 16.04.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
200
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Форма входа

Главная » 2014 » Март » 19 » Microsoft kompaniyasi Windows XP’dan voz kechganlarga 50$ taqdim etadi
20:26
Microsoft kompaniyasi Windows XP’dan voz kechganlarga 50$ taqdim etadi

Microsoft kompaniyasi Windows XP’dan Windows 8 operatsion tizimiga o‘tishni rag‘batlantirish maqsadida promo-kampaniya o‘tkazishni boshladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Microsoft Store onlayn-do‘konida Windows XP foydalanuvchilariga tizim texnik ko‘magi to‘xtatilishi haqida eslatma berilib, yangi kompyuterni chegirma bilan sotib olish taklif qilinmoqda. Noutbuk, planshet va monobloklarning bir necha xil turlari 279 dollardan 1199 dollargacha narxda sotilmoqda. Barcha qurilmalarga sensorli ekranlar uchun mo‘ljallangan Windows 8 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Kompyuterga chegirmadan tashqari, xaridorlar 90 kun davomida yangi kompyuter bo‘yicha konsultatsiya xizmatidan bepul foydalanishi mumkin. Shuningdek, Laplink kompaniyasi bilan hamkorlikda foydalanuvchilarga "bulut servesi” yordamida fotosurat, video va boshqa kontentlarni bepul ko‘chirish imkoni beriladi. Xaridorlarga 50 dollarlik sovg‘a sertifikati ham topshiriladi. Biroq uni faqat Amerikaning Microsoft Store do‘konida ishlatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 8-aprelda Windows XP operatsion tizimi va Office 2003 ofis dasturlari paketi texnik yordami to‘xtatiladi.

Просмотров: 957 | Добавил: admin | Теги: Microsoft kompaniyasi Windows XP’da | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Поиск
Календарь
«  Март 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    Бесплатный конструктор сайтов - uCoz